Главная » Доска объявлений (1)

Yo'nalishlar [1]
ERTANGI KUNIMIZ BUGUNDAN BOSHLANADI . . .

   Mutaxassisning faoliyat sohalari Soliq va soliqqa tortish ixtisosligi bo’yicha o’rta ma’lumotli mutaxassis soliq inspeksiyalarida nazoratchi (inspektor), uchastka nazoratchisi, moliyachi, yetakchi mutaxassis, surishtiruvchi, iqtisodchi va hisobchi sifatida ishlashuchun tayyorlanadi. Ular o’qish davomida berilgan o’quv materiallarni hisobga olgan holda quyidagi sohalarda va vazifalarda ishlashlari mumkin:

1. Тuman, shahar davlat soliq inspeksiyalarida: Nazoratchilar (inspektorlar), yetakchi mutaxassislar, iqtisodchilar, hisobchilar, inspektor taftishchilar, moliyachilar.

2. Viloyat davlat Soliq boshqarmalarida: Inspektorlar, iqtisodchilar, moliyachilar, yetakchi mutaxassislar, hisobchilar, inspektor taftishchilar. Ushbu ixtisoslikni bitirgan mutaxassislar soliq nazorati idoralarining barcha asosiy bo’limlarida ishlashlari mumkin.

3. «Soliq va soliqqa tortish»ixtisosi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumoti diplomini olgan o’kuvchilar faqat tuman yoki shahar davlat soliq inspeksiyalarida emas, balki viloyat davlat soliq boshqarmalarida xam ishlashlari mumkin.

 

Bundan tashqari soliq kollejining bitiruvchilari, bank, moliya tizimlari boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda, moliyachi, iqtisodchi buxgalter vazifalarida ishlashlari mumkin. II. Mutaxassisga nisbatan qo’yiladigan talablar. «Soliq va soliqqa tortish» ixtisosligini egallovchi mutaxassislar quyidagi fundamental bilimlarni egallashlari zarur: • solik nazariyasi; • solik va soliqqa tortish, soliq solishning huquqiy asoslari; • byudjet va byudjet tuzilishi; • chet mamlakatlarida soliq va soliq solish sistemasi; • buxgalteriya va audit, tashkilotlar moliyaviy ho’jalik faoliyatini tahlil qilish; • soliq tizimida axborotlarni kompyuterda ishlash va saqlash; • pul, kredit banklar va qimmatli qogozlar. • Soliq inspektorlari sorliqlarni rivojlanish tarixini ularning kelib chiqish sabablarni, uning zarurligini, mustaqil O’zbekiston Respublikasi soliq sistemasini chuqur o’rganishlari lozim. Ular ayniqsa soliqning mohiyati, ob’kti, sub’ekti, soliqlar manbai va ularning miqdorini, soliq tizimi faoliyatini mukammal o’zlashtirib olishlari kerak. III. Mutaxassisning vazifalari • Soliq inspektori zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: • soliq inspeksiyasining ish rejasi va uni tahlil qilish; • korxonalar daromadiga solinadigan soliqlarni aniq va undirish; • qo’shilgan qiymat uchun soliqni hisoblash; • aksiz soligini aniqlash; • korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash; • mahalliy soliq va yigimlar; • tabiiy resurslardan olinadigan to’lovlarni (yer, kon,suv) • eksport va import bilan boglangan bojxona tolovlvrni hisoblanishini tekshirish; • solik bazasini tekshirish; • soliq stavkalarini to’gri qo’llash soliqni hisoblash; • soliq ob’ektlarini belgilash; • soliq bo’yicha imtiyozlarni qo’llash va soliqdan ozod qilishni rasmiylashtirish; • soliq undirish jarayonini mukammal bilish; • soliq to’lovchilarni aniqlash, soliqqa tortiladigan huquqiy va jismoniyt shaxslarni o’z vaqtida to’liq hisobga olish; • davlat byudjetiga va boshqa fondlarga yo’naltiriladigan soliqlar va to’lovlarni hisoblash, hamda ularning o’z vaqtida to’gri o’tkazilishini nazorat qilish; • soliq to’lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan rejali va maxsus tekshirishlar o’tkazish; • soliq konunchiligini tadbiq qilish, uni amaliyotda to’gri qo’llanilishini ta’minlash; • O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish; Ushbu mutaxassislikni egallagan xodimlar soliq qonunchiligini puxta bilishlari, solik xizmati ishini takomillashtirishda tashabbus ko’rsatishlari, mustaqil ish yurita olishlari lozim. Soliq inspektori bozor iqtisodiyoti qonunlariga, marketinga, birjalar faoliyatiga, bank ishiga, hamda turli mulkchilikka tayangan holda davlat mulkchilik shaklidan qat’iy ravishda soliq to’lovchilar manfaatini muvofiqlashtirib borishi kerak.

Ma'lumotlar | Просмотров: 1386 | Дата: 27.05.2014 | Комментарии (0)