Kollej tarixi.



Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 iyuldagi 298-sonli qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining Soliq kolleji tashkil topdi. Bu o'quv dargohining tashkil etilishi Respublikamiz soliq xizmati rivojida, uni jahon standartlari darajasida ta'lim tarbiya olgan yosh kadrlar bilan ta'minlashda muhim qadam bo'ldi. Yoshlarning iqtisodiy, xuquqiy bilimlarini, zamonaviy kompyuter texnologiyalarini puxta egallashi, soliq haqidagi qonunlar, soliq xizmati organlarining vakolatlarini amalga oshirish uslubiyotini o'zlashtirishi uchun kollejda barcha shart-sharoitlar yaratilgan va yaratilmoqda. Soliq kollejining asosiy vazifasi ta'lim va tarbiya jarayonida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunini va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni hayotga tadbiq etish, Vataniga, xalqiga, o'z burchiga sodiq, yuksak axloqli va yuqori malakali soliq xizmati xodimlarini tayyorlashdir. O'quv ta'lim ishlari samaradorligini oshirishda zamonaviy kompyuter texnologiyalardan unumli foydalanishga katta e'tibor berilgan. Kollejda 38 ta o'quv xonalari bo'lib, 4 ta kompyuterlashtirilgan o'quv xonasi, 3 ta lingofon sinfi, 3 ta avtomobil o'quv xonasi, 1ta fizika va 1ta kimyo o'quv xonalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. 26 mingdan ziyod o'quv va badiiy adabiyotlarga ega bo'lgan kutubxona hamda 100 (yuz) kishiga mo'ljallab jixozlangan qiroatxona o'quvchi talabalar ixtiyorida. Kollejda ta'lim tarbiya berish zamonaviy talablar asosida yo'lga qo'yilgan, jumladan: iqtisodiy va maxsus fanlar, umumta'lim fanlar, xuquq, axborotlashtirish va informatika fanlari xarbiy va jismoniy tarbiya kafedralari mavjud bo'lib, ularda 83 ga yaqin o'qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda. fan nomzodlari va Kollej jamoasi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, Moliya Oliygohi, DSQ qoshidagi Soliq Akademiyasi bilan uzviy hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Kadrlar tayyorlash va tarbiyalashda xorijiy ijobiy tajribani o'rganish va o'zlashtirish maqsadida Olmoniyaning Ansbax shahrida joylashgan soliq-moliya maktabi bilan hamkorlikda aloqalari o'rnatilgan. Xorijlik hamkasblar bir necha marotaba kollejga tashrif buyurganlar. O'quvchilar nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlashi soliq inspeksiyalari faoliyatini chuqur o'rganishi va kelajakda ushbu jamoalar faoliyatiga tez kirishib ketishi uchun zamin yaratadi.



Amaliyot kollej o'quvchilari tomonidan 3 yil o'qishdan so'ng 1 yil joylardagi tuman, shahar Davlat soliq inspeksiyasida o'taladi. Amaliyot o'tash davrida o'quvchilar o'zlarining nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda amaliyot xujjatlaridan foydalanadilar, tekshirishlar va reydlar o'tkazish bo'yicha ma'lumotlarga ega bo'ladilar, dastlabki xujjatlarni tuzishni o'rganadilar. Shu zaylda o'quvchilar tuman shahar Davlat soliq inspeksiyasining har bir bo'limini ish faoliyati bilan tanishib chiqadilar. Kollejda o'quvchilarning har tomonlama jismoniy chiniqishi, epchil, chaqqon, irodali bo'lishi, o'z ustida ishlashi, bo'sh vaqtlarini qiziqarli, unumli o'tkazishlari uchun boks, futbol, taekvon-do va yakka kurash, voleybol, qo'l jangi, stol tennisi kabi sport seksiyalari mavjud.



 



O'QUVCHILAR TURAR JOYI



Kollejning yotoqxonasida o’quvchilarning dam olishlari, mashg’ulotlarga tayyorlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Yotoqxonada ikkita ma’naviyat xonasi, «Abu Ali Ibn Sino» xonasi, 2 ta dam olish xonasi, gigiyena xonasi, yuvinish va kir yuvish xonalari mavjud. Har haftada o’rinlarning jildlari almashtiriladi. O’quvchilarning ovqat pishirishlari uchun jihozlangan 2ta oshxona ham mavjud. Bulardan tashqari o’quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yotoqxonaning o’zida kichik kutubxona ham tashkil etilgan bo’lib, bu kutubxona mingga yaqin badiiy-o’quv adabiyotlari bilan ta’minlangan.



AXBOROT RESURS MARKAZI



                                    



 



   Axborot resurs markazi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Тa’lim to’grisida»gi Qonunga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»iga, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining me’yoriy hujjatlariga, hamda Тoshkent soliq kolleji kutubxonasi Nizomiga tayangan holda ish olib boradi. Kollej kutubxona zahirasi doimiy ravishda yangi adabiyotlar bilan to’ldirib borilmoqda. Hozirgi kunda kutubxonada kitoblarning umumiy soni 12000 nomda, 36000 nusxada, shundan: O’quv adabiyotlari – 17429 nusxada Siyosiy adabiyotlar – 1227 nusxada Badiiy adabiyotlar – 1272 nusxada Umumta’lim fanlari – 2486 nusxada Boshqa adabiyotlar – 485 nusxada ARMdagi kitoblar inventar kitobi, sumar kitobida qayd etiladi. Shu qatorda kollej o’qituvchilari tomonidan yetishmagan darsliklarni to’ldirish maqsadida fanlar bo’yicha ma’ruza matnlari va o’quv-uslubiy qo’llanmalar tayyorlangan. Hozirgi davrda kutubxonada avtomobil tayyorgarligi, Iqtisod, Moliya, Huquq, O’zbekiston tarixi, Milliy istiqlol goyasi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ingliz tili, Soliq, informatika fanlari bo’yicha 1746 nusxada ma’ruza matnlari va o’quv-uslubiy qo’llanmalar mavjud. Kutubxonaning samaradorligini belgilovchi asosiy mezon kutubxona fondidan kitobxonlarning foydalanish darajasidir. Kutubxonada 728 nafar kitobxon bo’lib, shundan 53 nafari o’qituvchilar, 40 nafari xodimlar, 628 nafari o’quvchilardan iborat. Kutubxona kataloglari muntazam tekshirilib, davom ettirilmoqda. Hozirgi kunda «Хalq so’zi», «Soliq va bojxona xabarlari», «O’zbekiston ovozi», «Ma’rifat», «Soliq va dunyo» ro’znomalari maqolalar kartotekasi tashkil qilingan. Ro’znomalar tikmasi alohida ajratilgan. Har oyning yakunida yangi kelgan adabiyotlar haqida «Axborot varaqasi»da ma’lumot beriladi. Yoshlarga milliy mafkurani singdirish maqsadida Prezidentimiz I.Karimov asarlari bo’yicha, «Ma’naviyat va ma’rifat», «Huquqshunoslik», «Chet tillari», «Soliqlar», «Buxgalteriya hisobi audit», «Iqtisodiyot va moliya», «Axborot texnologiyalari va kompyuter vositalari», «Umumta’lim fanlari», «Qonunchiligimiz poydevori», «Milliy istiqlol goyasi», «Тilga e’tibor, elga e’tibor», «2005 yil sihat-salomatlik yili», «Kutubxona bilim manbai», «Хalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni», «G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy (1441-1501) tavalludi», «Davlat arbobi, ulug sarkarda, sohibqiron A.Тemur (1336-1405) tavalludi», «Ayol borki olam munavvar», «Navro’z – mehr-muruvvat va sahiylikning porloq bayrami», «Хalq xotirasi oldida bosh egamiz» kabi kitob ko’rgazmalari tashkil qilinadi.



 



SOLIQ KOLLEJI MANZILI





 



Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa tumani,  Kichik halqa yo`li ko`chasi 3-uy



 





Ma'lumot uchun telefonlar: 275-54-82  



Avtobuslar: 116, 131, 33, 13.



Mo`ljal: Olimpiya zahiralari kolleji



Ushbu ma'lumotlar Toshkentsoliq.uz saytidan olindi.