Главная » 2014 » Май » 27 » KAMOLOT YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI
21:54
KAMOLOT YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI

KAMOLOT YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI

 

   Kollejda «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti ishi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Tashkilot yetakchisi, 9 kishidan iborat soha yetakchilari va a’zolari zamonaviy davr talab darajasida maxsus jihozlangan «Kamolot» YoIH xonasida Nizom, maxsus yillik reja asosida faoliyat ko’rsatib, respublika, shahar, tuman, kollej miqyosida uyushtirilayotgan barcha chora-tadbirlar qo’rik-tanlov, bellashuv, olimpiadalarda faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Jumladan, “2005-yil–Sihat salomatlik yili” munosabati bilan Uchtepa tuman “Kamolot” ~YoIH kengashi tomonidan tumandagi 9ta kasb-hunar kollejlari orasida o’tkazilgan “4 marta yo’q “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovida kollej “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti a’zolari ishtirok etib faxrli I-o’rinni egalladilar. 26-noyabrda Uchtepa tuman “Kamolot” YoIH kengashi tomonidan tumandagi 9 ta kasb-hunar kollejlari orasida o’tkazilgan “Yetakchi-2005” “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovida kollej “Kamolot” YoIH boshlang’ich tashkiloti a’zolari ishtirok etib faxrli I-o’rinni egalladilar. Tuman «Kamolot» YoIH yetakchilar Kengashi Toshkent soliq kollejida O’rta maxsus o’quv yurtlari orasida spartakiada musobaqalarini o’tkazdi. Qizlar orasida «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik-tanlovi o’tkazilib, tanlovda 1- o’rinni Toshkent soliq kolleji qizlari egalladilar. Musobaqaning 2-yarmida o’g’il bolalar orasida «Mini futbol» bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Ushbu musobaqada 1-o’rinni Toshkent yuridik kolleji, 2- o’rinni O’z DJTU akademik litseyi, 3- o’rinni Toshket soliq kolleji o’quvchilari egalladilar. Barcha g’oliblarga tuman «Kamolot» YoIH yetakchilar Kengashi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi. Tumanda 2005-yil aprel, oktyabr oylarida o’tkazilgan «Zulfiyaxonim qizlari» ko’rik-tanlovida kollejimiz 2-bosqich 37-guruh o’quvchisi Ravshanova Orzigul ta’lim sohasida ishtirok etib, har ikki tanlovda ham faxrli I-o’rinni egalladi, «Ma’rifat», «Soliq va dunyo» ommaviy axborot vositalarida yoritildi. Kollejda tuman «Kamolot» YoIH kengashining tumandagi 9 ta kasb-hunar kollejlari «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkilotlari soha yetakchilari ishtirokida seminar o’tkazildi. «Shoh va shoir Bobur» mavzusida o’tkazilgan tadbirda «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti, «Badiiy havaskorlik» to’garagi a’zolari faol ishtirok etdilar. «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti a’zolari 9-may–Xotira va Qadrlash kunida II jahon urushi nogironlari, qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar ahvolidan xabar olib, ularga guldasta, sovg’alar topshirishda ishtirok etdilar. Kollejda “Navro’z – milliy urf-odatlarimiz elchisidir” mavzusida o’tkazilgan tantanali bayramda «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti, «Badiiy havaskorlik» to’garagi a’zolari faol ishtirok etib, badiiy chiqishlari bilan kollej xodimlari va mehmonlarni xushnud etdilar. Tuman hokimligi, IIB xodimlari, voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi, «Kamolot» YoIH Kengashi, kollej «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti a’zolari hamkorlikda voyaga yetmagan o’quvchilarning g’ayriqonuniy-guruhlarga kirishi, jinoyatchilik sodir etishini va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida davra suhbati, tuman yong’in havfsizligi bo’limi xodimlari bilan «Yong’inga qarshi kurash» ko’rgazmali mashg’ulotlari muntazam o’tkaziladi. Uchtepa tumani “Kamolot” YoIH Kengashi tomonidan “Giyohvandlik va narkomaniyaga qarshi kurash”, “Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi va mohiyati”, “Terror – boshi berk ko’cha”, «XXI- asrga giyohvand moddalarsiz» mavzulariga oid xujjatli ilmiy ommabop videofilmlar maxsus reja asosida namoyish qilinmoqda. Kollej o’quvchilarining davomati, o’zlashtirishi, erishgan yutuqlari, kafedralar hayotini oyda bir marta yoritib boruvchi «Kamolot» YoIH organi «Yosh soliqchi» devoriy gazetasi muntazam chiqariladi.

Har kuni katta tanaffus vaqtida axborot-musiqiy «Yaxshi tilak» radioaloqasi ko’ngilochar qiziqarli eshittirishlari berib boriladi. Yoshlarga o’zgalar mehnatini qadrlash, mehnat tarbiyasini singdirish, ko’nikma malakalarini hosil qilish maqsadida uyushtirilayotgan «Umumxalq shanbaliklar»da faol ishtirok etib, shahar, tuman, kollejning ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti, «O’quvchilar kengashi» a’zolari o’zlarining munosib xissalarini qo’shib kelmoqdalar. Kollejda «Kamolot» YoIH boshlang’ich tashkiloti bilan bevosita faoliyat yurituvchi, o’z-o’zini boshqarish organi O’quvchilar kengashi mavjud. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularda vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularga o’rtaga qo’yilgan muammoga atroflicha yondasha olish, o’z fikrlarini asoslash va aniq bayon qilish malakalarini shakllantirishda ko’mak berish hamda to’g’ri yo’naltirish, mustaqil fikr bildirish, bahs-munozara ko’nikmalarini shakllantiruvchi «Munozara» debat klubi tashkil etilgan. Klub tarkibida turli nomdagi («Erkin fikr», «Zakovat», «Iqtidor», «Bilim ring» kabi) 6-8 kishidan iborat guruhlar tashkil etilgan va bu guruhlar musobaqa va bellashuvlarda ishtirok etadi. Mazkur klub faolligida I-II kurs iqtidorli o’quvchilarini aniqlash maqsadida «ZAKOVAT» intelektual o’yinining 1-2-bosqich saralash tanlovi o’tkazildi. O’quvchilarning qobilyatiga ko’ra foydali mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlariga erishish maqsadida kafedralar qoshida 14 ta fan, 8 ta sport hamda «Badiiy havaskorlik» to’garagi, «Tong» folklor dastasi faoliyati yaxshi yo’lga qo’yilgan. A’zo o’quvchilar shahar, tuman, kollej miqyosida o’tkazilayotgan barcha bayram-tadbirlar, olimpiada, sport musobaqalarida o’z mahoratlarini namoyish qilib faxrli o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Kollej «Yosh soliqchi» jamoasi Kamolot YoIH Toshkent shahar bo’limi, Uchtepa tuman Kamolot YoIH Kengashi «Intelektual olimpiada» loyihasi doirasida «Siz qonunni bilasizmi?», «Siz tarixni bilasizmi?», «Svoya igra», «Breyn ring» ko’rik-tanlov tadbirlari ishtirok etib, «Siz qonunni bilasizmi?», «Siz tarixni bilasizmi?» ko’rik-tanlovlarida faxrli I-o’rinni egalladilar. «Kamolot» YoIH Uchtepa bo’limi Kengashi tomonidan sertifikat bilan taqdirlanib, shahar bosqichiga finalga chiqdilar. Intelektual olimpiada»ning «Svoya igra» o’yinida kollejimizning o’quvchisi faxrli II-o’rinni egallab, Toshkent Davlat Konservatoriyasida «O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg’armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar bo’limi Kengashi tomonidan diplom bilan taqdirlandi. Kamolot YoIH Toshkent shahar bo’limi, Uchtepa tuman Kamolot YoIH Kengashi «Intelektual olimpiada» loyihasi doirasida o’tkazilgan barcha ko’rik-tanlovlarda Toshkent soliq kolleji «Yosh soliqchi» jamoasi umumjamoa hisobida faxrli III- o’rinni egallab diplom bilan taqdirlandi.

KAMOLOT YUTUQLARI

 

KAMOLOT DIPLOMI

 

 

 

SPORTCHILARIMIZ

 

        Germaniya davlatining Boxm shahrida Karate-Do sport turi bo’yicha o’tkazilgan musobakada 2-bosqich 6-guruh o’quvchisi Xisamiyev Zinur ishtirok etib, 10- ta davlat o’rtasida 3-o’rinni egallab bronza medali sovrindori bo’lib qaytdi. May oyida O’zbekiston Respublikasi DSQ maxsus o’quv yurtlari o’rtasidagi o’tkazilgan 4-spartakiadada kollejimiz o’quvchilari sportning 5 turi bo’yicha musobaqalashdilar: Besh kurash musobaqada – IV o’rinni Stol tennisi – IVo’rinni Futbol – III o’rinni Milliy kurash – IV o’rinni Qo’l jangi –II o’rinni egalladilar. 1-bosqich 21-guruh o’quvchisi Iminqariyev Anvar yoshlar o’rtasida Toshkent shahrida o’tkazilgan «Erkin kurash» musobaqasida 2005-yil oktyabr oyida ishtirok etib, II-o’rinni, 2006-yil yanvar oyida Toshkent shahrida o’tkazilgan «Erkin kurash» musobaqasida faxrli I- o’rinni egalladi. 2-bosqich 10-guruh o’quvchisi Qoratoyev Ulug’bek Olmaliq shahrida Kikboksing bo’yicha 54 kg vazn toifasida o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi ochiq chempionati musobaqasida faxrli II -o’rinni egalladi.

    Milliy bog’da Navro’z umumxalq bayramiga bag’ishlab o’tkazilgan ommaviy kross musobaqasida 18-20 yoshli kollejimiz sportchilari ishtirok etib, Eshniyozov Saidmurod I-o’rinni, Saidov Komil esa II-o’rinni egallab, Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. 2006-yil ommaviy sport «Barkamol avlod» musobaqalarida kollejimiz terma jamoasi ishtirok etib quyidagi natijalarni qo’lga kiritdilar: 1. Basketbol - 2-o’rin, Uch-tepa tumanida 2. Volleybol - 3-o’rin. 3. Yengil atletika - 1-o’rin. 4. Futbol - 1-o’rin. 5. Stol tennisi - o’smirlar 1-o’rin - qizlar 2-o’rin 6. Shaxmat - 2-o’rin 7. Mini futbol - 5-o’rin 8. Boks 60 kg vaznda - 1-o’rin 64 kg vaznda - 1-o’rin 90 kg faznda - 1-o’rin. 9. Milliy kurash 56 kg vaznda - 2-o’rin Tuman miqyosida o’smirlar - 2-o’rin Tuman miqyosida qizlar - 2-o’rin Umum jamoa ko’rsatgan natija - 4-o’rin 1-bosqich 33- guruh o’quvchisi Berdimuratov Bayramboy "Taekvando” sport turi bo’yicha tumandagi barcha kasb-hunar kollejlari orasida o’tkazilgan 2011-yil Respublika sport musobaqasida faxrli II- o’rinni egalladi. Milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, ananala-rimizni saqlash, ularni yangicha fazilatlar bilan boyitish, kelajagimiz bo’lmish yosh avlodni boy tariximiz va annanalarimizga chuqur hurmat ehtirom ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan «Tong» folklor jamoasi nurli tadbirlarda faol ishtirok etdilar.

Просмотров: 1398 | Добавил: Admin | Теги: KAMOLOT YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: