Главная » Каталог сайтов (1)

Yo'nalishlar [1]
ERTANGI KUNIMIZ BUGUNDAN BOSHLANADI . . .

   O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining 2001-yil 10-maydagi « DSQ Toshkent soliq kolleji kafedralarning nomlarini o‘zgartirish haqida»gi 175-sonli buyrug‘iga asosan «Moliya- iqtisod fanlari» kafedrasi «Iqtisodiy fanlar» kafedrasi deb nomlandi.Kafedra o‘qituvchilarining barchasi tanlov asosida ishga qabul qilingan bo‘lib, ko‘p yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan kadrlarni tashkil etadi. Toshkent soliq kolleji iqtisodiy yo‘nalishga oid mutaxassislar tayyorlaganligi uchun “Iqtisod fanlari” kafedrasi o‘quv rejasidagi umumkasbiy fanlarni o‘zida jamlab olgan. Kafedrada quyidagi fanlar o`qitiladi:

  • 1. Iqtisodiyot asoslari.
  • 2. Moliya.
  • 3. Marketing.
  • 4. Menejment.
  • 5. Pul muomalasi va kredit.
  • 6. Korxona iqtisodini tashkil etish.
  • 7. Byudjet tizimi asoslari.
  • 8. Buxgalteriya hisobi asoslari.
  • 9. Buxgalteriya hisobi va hisoboti.

   Kafedradagi fanlar bozor iqtisodiyotini takomillashtirishga yo‘naltirilgan omillarni inobatga olgan. Kafedra tashabbusi bilan 2005 - yildan boshlab soliq organlarida buxgalteriya hisobini yuritadigan o‘rta malakali mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 2008 - yil iyun oyidan boshlab bunday mutaxassislar birinchi qaldirg‘ochlar bo‘lib soliq organlarida faoliyat ko‘rsata boshlaydilar.

  Kafedrada iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashga alohida e'tibor beriladi. Iqtidorli o‘quvchular yordamida “Iqtisod olami” to‘garagidagi numizmatiklar jahondagi 34 mamlakatning 382 nusxadagi pul birliklari va tangalari kolleksiyasini tashkil qildi.

   Bugungi kunda kafedrada 11 nafar malakali o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shu jumladan, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida 20 yildan ortiq amaliy tajribaga ega bo‘lganlar soni 5 nafarni tashkil etadi. Nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan o‘qituvchilar soni bir nafar. Kafedramiz kollej kafedralari orasida konferensiya, seminar, seminar-trening o`tkazishda lokamativ kafedra bo`lib hisoblanadi, bu borada qo`yidagi mavzularda konferensiya treninglar o`tkazilgan.

1. Mavjud salohiyat va imkoniyatlardan to`laroq foydalanish davr talabi.

2. Terrorizm asr vabosi.

3. Iste`mol krediti to`g`risida

   O`zbekiston Respublikasi qonunining ahamiyati va mazmuni va boshqalar. Tadbirlarga yetuk mutaxassislar, tuman hokimbyati vakillari, shuningdek Islom Universitetidan pedagoglar taklif etiladilar, va bunda o`quvchilarimiz tuman bosqichlarida faxrli ikkinchi va uchinchi o`rinlarni egallab kelmoqdalar. Fan o`qituvchilari tomonidan qo`shimcha dars jadvallari va konsultatsiyalar olib boriladi. Kollej yotoqxonasida "Maishiy turmush tarzi" bo`yicha tadbirlar o`tkazilib boriladi va bunda o`quvchilarga yaqindan turli xil maslahatlar beriladi. Barcha o`qituvchilar tomonidan ma`ruza matnlari zamon talabiga ko`ra yangidan tayyorlangan.

Ma'lumot | Переходов: 270 | Добавил: IQTISOD FANLARI kafedrasi | Дата: 27.05.2014