Soliqlar – O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksida belgilangan,
muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va
beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari hisoblanadi.

     

2013 yil 22-23  mart kunlari kollejda  “Navro’z va qadriyatlar”  shiori ostida an’anaviy bayram tadbirlari o’tkazildi.

22 martning erta tong saharida doshqozonlar o’rnatilib, sumalak taomini solinishiga tayyorgarlik ko’rildi. Munis onaxonlarimiz tomonidan lazzatli shirinlik 23-mart kuni davom etgan bayram tadbirida mehmon va mezbonlarga tortiq qilindi. Bayramga kollejning barcha o’qituvchilari va o’quvchilari jalb qilindi. Avvaldan guruhlarga bo’lib berilgan viloyatlar asosida sahna ko’rinishlar, shu viloyatga xos milliy dasturxon va milliy liboslar tanlovi ham o’tkazildi.

... Читать дальше »

Просмотров: 1199 | Добавил: Admin | Дата: 27.05.2014 | Комментарии (0)

2013 yil 18 mart kuni Toshkent soliq kollejining stol tennisi bo’yicha terma jamoasi “Barkamol avlod” sport musobaqasining Toshkent shahar 3 – bosqichida ishtirok etishdi. Tennischi qizlar umumjamoalar o’rtasida 8 – o’rinni egalladi.

2013 yil 26 – 28 mart kunlari Uchtepa tumanida “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan mini-futbol bo’yicha o’tkazilgan musobaqada kollejning terma jamoasi faxrli 3 - o’rinni egalladi.

 

Просмотров: 538 | Добавил: Admin | Дата: 27.05.2014 | Комментарии (0)

2013 yil 16 aprel kuni Toshkent soliq kollejida “Tabiiy va aniq  fanlar” kafedrasining fan o’qituvchilari tomonidan guruhlar o’rtasida “Mustaqil ishlar” ko’rik tanlovini o’tkazdilar. Ko’rik tanlovda o’quvchilar matematika, fizika, kimyo va bilogiya  fan to’garaklarida olgan bilimlari asosida turli mavzudagi ijodiy ishlarni namoyish etdilar.

     

Просмотров: 973 | Добавил: Admin | Дата: 27.05.2014 | Комментарии (0)

2013 yil 24 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Soliq Akademiyasida Respublikamizdagi maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari o'rtasida "Soliq bilimlari bolalarga" an'anaviy ko'rik tanlovining "Soliqlar nimalarga to'lanadi va nimalarga  sarflanadi?' mavzusida kompyuter taqdimoti hamda "O'zbekiston Respublikasida soliq siyosati" mavzusidagi insho nominatsiyalari, bo'yicha Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Ko'rik tanlovda respublikamiz viloyatlaridan tashrif buyurgan tanlov ishtirokchilari o'zlarining ijodiy ishlarini bilan qatnashdi. Tanlov yuqori saviyada va bayramona kayfiyatda o'tdi. Tanlovda Toshkent soliq kollejining 3-bosqich o'quvchilari Raximov Abror  "O'zbekiston Respublikasida soliq siyosati" mav ... Читать дальше »

Просмотров: 1068 | Добавил: Admin | Дата: 27.05.2014 | Комментарии (0)

Joriy yilning 8-may kuni Toshkent soliq kollejida xotira va qadrlash kuniga bag`ishlab tadbir o`tkazildi. Tadbirda kollej o`qituvchilari, o`quvchilari va faxriylar qatnashdilar. Tadbirni ma’naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari D.Z.Raxmonova ochib berdi. Iqtisodiy fanlar kafedrasi o`qituvchilari tomonidan xotira va qadrlash kuniga bag`ishlangan video roliklar tadbir ishtrokchilari va qatnashchilari e’tiboriga xavola etildi. Kollej o`quvchilari tomonidan saxna ko`rinishlari namoyish etildi. Kollej faxriylari so`zga chiqib, o`quvchilarga shu kollejda ishlab o`tgan aziz insonlar xaqida gapirib, ularni xotirasi yodga olindi. Xozirda kollejda xizmat ko`rsatayotgan Afg`oniston urushida mardonavor jang qilgan Alimbekov I. va Chernobel qatnashchisi Aripov A. kollej tomonidan ajratilgan sovg`a bilan taqdirlandilar. Tadbi ... Читать дальше »

Просмотров: 1254 | Добавил: Admin | Дата: 27.05.2014 | Комментарии (0)