Главная » 2014 » Май » 27 » "Soliq bilimlari bolalarga" an'anaviy ko'rik tanlovi
20:15
"Soliq bilimlari bolalarga" an'anaviy ko'rik tanlovi

2013 yil 24 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Soliq Akademiyasida Respublikamizdagi maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari o'rtasida "Soliq bilimlari bolalarga" an'anaviy ko'rik tanlovining "Soliqlar nimalarga to'lanadi va nimalarga  sarflanadi?' mavzusida kompyuter taqdimoti hamda "O'zbekiston Respublikasida soliq siyosati" mavzusidagi insho nominatsiyalari, bo'yicha Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Ko'rik tanlovda respublikamiz viloyatlaridan tashrif buyurgan tanlov ishtirokchilari o'zlarining ijodiy ishlarini bilan qatnashdi. Tanlov yuqori saviyada va bayramona kayfiyatda o'tdi. Tanlovda Toshkent soliq kollejining 3-bosqich o'quvchilari Raximov Abror  "O'zbekiston Respublikasida soliq siyosati" mavzusidagi insho nominatsiyasida faxrli 1-o'rinni,  Xolmurodov Elbek  "Soliqlar nimalarga to'lanadi va nimalarga  sarflanadi?' mavzusida kompyuter taqdimoti nominatsityasi bo'yicha faxrli 2-o'rinni egalladilar. Tanlov yukuniga ko'ra g'olib va ishtirokchilar Davlat Soliq Qomitasining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.

 

Ushbu ma'lumotlar Toshkentsoliq.uz saytidan olindi !!!

Просмотров: 1072 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: